Ру O`z En

MAHALLA OBOD-YURT OBOD

Barchaga ma’lumki, joriy yilning 24- va 25- avgust kunlari yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 534-F-son farmoyishiga asosan, “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

      Mazkur shior ostida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faol ishtirok etishmoqda. Hasharchilar korxonaga tegishli bo‘lgan hududlarni tozalab, daraxtlarni ohlab chiqdilar. Bordyurlar bo‘yaldi. Gullar, ekinlar yerlari chopildi, ko‘chalar supurib-siridirli, bir so‘z bilan aytganda bayram kayfiyatida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech