Ру O`z En

MAMLAKATIMIZNING SO‘LIM GO‘SHALARIGA YOSHLARIMIZ UCHUN SAYOHAT UYUSHTIRILDI

“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan 50 nafar faol yoshlar uchun “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati Yoshlar ittifoqi tomonidan Vodiy bo‘ylab sayohat tashkillandi.

Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Chodak tog‘li xududlarga uyushtirilgan bir kunlik ushbu sayohat yoshlar uchun juda ham maroqli xordiq va ko‘ngil ochar kun bo‘ldi. Sayohatda Chodak hududiga yetib kelgan yoshlarimiz ajoyib sharoitga ega bo‘lgan dam olish maskaniga joylashdilar. So‘lim yerda nonushta qilib bo‘lgandan so‘ng tog‘li go‘zal manzara sari mahsus transportlarda yo‘lga chiqildi. Chodak xududidagi deyarli barcha tog‘larga sayrlar uyushtirildi. Sayohatchilar turli xil ko‘ngil ochar osma kanatlar, atraksionlar hamda tabiat qo‘ynida dam oldilar. Go‘zal tabiatda joylashgan sharsharalarda esdalik uchun suratlarga tushdilar.

       Sayohat so‘ngida Chodak tog‘li hududida joylashgan o‘zining uzoq tarixiga ega muqaddas “Ona ko‘z yoshi” bulog‘iga ziyorat tashkil etildi. U yerda yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ona ko‘z yoshi bo‘log‘ining qisqacha tarixi bilan tanishib chiqdilar.

  • Bunday tadbirlarni tashkillashdan maqsad korxonamizda faoliyat yuritayotgan yoshlarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ish faoliyatidan tashqari madaniy xordiq chiqarishlari uchun yetarli shart sharoitlar yaratishdir – deydi “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar boshlang‘iya tashkiloti kengashi raisi Nurmurod Sirojov.

 

 

“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech