MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BORASIDA HISOBOTLAR O‘QIB ESHITTIRILDI
Bugun, 18-iyul kuni korxonada yarim yil davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi hisobotlar jamiyatning ma’naviyat va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchilariga o‘qib eshittirildi.
Unda korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva ma’naviyat inson va jamiyatimiz ko‘zgusi ekanligini va uni xodimlar ongida yanada mustahkamlash esa biz rahbarlar va ma’naviyat bo‘yicha mas’ullar qo‘lida ekanligi aytib o‘tdi. Shu o‘rinda, bizning korxonamizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga katta e’tibor qaratilib, barcha tadbirlarga ishchi-xodimlar ishtiroki ta’minlab kelinayotganligini ta’kidladi. So‘ng, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni o‘qib eshittirdi.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis Umidaxon Axundjanova korxona xotin-qizlarini qo‘llab-quvvvatlash, ularni yashash va ish sharoitlarini yaxshilash borasida qilingan ishlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, jamiyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan ayollar va ularning oila a’zolariga, ayniqsa, nogironligi bor farzandlariga, uyga muhtojligi borlarga korxonama’muriyati tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotganligi sarhisobini so‘zlab berdi.
Yig‘ilishda korxonada 6 oy davomida bo‘lib o‘tgan tadbirlar to‘g‘risida rolik namoyish etildi va mazkur mavzular bo‘yicha xodimlar fikr va mulohazalari eshitib chiqildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati