Ру O`z En

“MA’NAVIYAT BO‘YICHA YETAKCHI SEX” KO‘RIK-TANLOVIGA START BERILDI

Xabaringiz bor, korxona bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, “Farg‘onaaazot” AJda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda xodimlar ma’naviyatini yanada mustahkamlash maqsadida “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Kecha joriy yilning 14-noyabr kuni mazkur  tanlovga start berildi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan sexlarga, jamiyat boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan hujjatga asosan hakamlar hay’ati, boshqaruv raisi maslahatchisi E. Abdullayeva, boshqaruv raisining yoshlar masalalari  bo‘yicha maslahatchisi N. Sirojov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis U. Axundjanova hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mutaxassisi Z. Mamatovalar tashrif buyurdilar. 

Hakamlar nizom asosida ishlab chiqarish sexlarida ma’naviyat xonalarini zamon talablariga xosligi, ulardagi ma’naviyatimiz, o‘zbekona milliyligimizni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmalar, kutubxonalar, ishchi-xodimlar uchun kitoblar, gazetalar, audio va video qo‘llanma materiallarni tashkil etilganligi, shuningdek,  xodimlarni ma’naviy bilimlari hamda ularning intilishlarini qo‘llab­ quvvatlash, jamoada ma’naviy, madaniy muhit shakllanishi, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy sohalarga qaratilinayotgan e’tibor, ma’naviyat bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasida ko‘rsatilgan mavzularda o‘tkazilgan seminarlar, tadbirlar, Odob-axloq kodeksi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hujjatlarning mavjudligiga qarab baholab borishdi.

Eslatib o‘tamiz, sexlarga tashriflar davom etmoqda va g‘olib sexlar korxona ma’muriyati tomonidan pul mablag‘lari bilan taqdirlanadilar.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech