Ру O`z En

MANGU MAG‘RUR HILPIRA VATAN BAYROG‘IM!

“Farg‘onaazot” AJda milliy bayrog‘imizning 33 yilligi munosabati bilan “Millat bayrog‘i” shiori ostida  ma’naviy- ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

      Joriy yilda davlatimizda bayram munosabati bilan har bir viloyatda bayroqlar yuksak ko‘tarildi. Rekord darajasidagi davlatimiz bayrog‘i mamlakatimiz bo‘ylab kezib yuripti, “Millat bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida chorlovlar uyushtirilmoqda. Shu o‘rinda bizning korxonamizda o‘tkazilgan chorlov hamda tadbir ham shular jumlasidandir.

    Tadbirda korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi E. Abdullayeva yetakchilik qildi. Farg‘ona shahar hokimiyati ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ilxomjon Xolmatov hamda Farg‘ona shahar ma’naviyat targ‘ibotchisi Ziyodullo Kamolovlar tashrif buyurdilar. 

       Ma’ruzachilar o‘z nutqlarida bayrog‘imiz tarixi, unga nisbatan qabul qilingan qarorlar va yangiliklar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdilar. Bayrog‘imiz to‘g‘risida qo‘yib ko‘rsatilgan roliklar esa tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

 

     “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech