Ру O`z En

MATBUOT ANJUMANI: KORXONADA 2022-YILDA AMALGA OSHIRILGAN VA 2023-YILGA REJALASHTIRILGAN ISHLAR

Bugun,  30-mart kuni viloyatimizning ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida korxonada 2022-yil davomida ishlab-chiqarish quvvatlarini oshirish va tannarхni pasaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan hamda 2023-yilda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha va chora-tadbirlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

     Anjumanda korxona boshqaruvi raisi iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari G‘ulomjon Soliyev OAV vakillariga mazkur mavzu bo‘yicha barcha ma’lumotlarni berib o‘tdi.  So‘ng, ishlab chiqarish texnik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Avazbek Abdullayev sohaga oid taqdimotni namoyish etib, tushuntirish berdi.

       Anjumanning savol-javob qismida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga jamiyat bosh mutaxassislari to‘liq javoblar berdilar.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech