Ру O`z En

MEHNAT INTIZOMIGA BARCHA AMAL QILISHI SHART!

Har bir shaxs ishga qabul qilinishi jarayonida ish beruvchi va xodim o‘trasida tuziladigan shartnomani imzolaydi. Bu degani tomonlar o‘z huquq va majburiyatlari tushirilgan xujjatni anglab yetgan holda o‘rganib chiqib rozi bo‘ldi deganidir. Albatta jamiyatimizda faoliyat yuritayotgan barcha xodim shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan mehnat intizomini yaxshi biladi. Bu to‘g‘risida bila turib amalda qo‘llamaslik – mehnat shartnomasini buzilishiga qadam tashlash demakdir.

     Mehnat qonunchiligida har bir jamoada mehnat intizomi bosh omillardan ekanligi aniq ifodalab berilgan. Intizomni buzish esa qonunbuzarlikdir. Xo‘sh, mehnat jamoasida tartibni saqlash uchun nimalarga e’tibor beriladi va tartibbuzarlarga nisbatan qanday choralar ko‘riladi? Bu va boshqa masalalar, mavzular to‘g‘risida korxona majlislar zalida korxona rahbariyati, mehnatni tashkil qilish va maosh, xodimlar bilan ishlash bo‘limlari tomonidan jamiyatning bo‘lim va sexlar hisob yuritish bo‘yicha texnik (tabelchi vazifasi bilan) xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

    Yig‘ilishda korxona boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millaboyev mehnat intizomiga rioya qilishni va mehnat tartibini belgilovchi asosiy hujjat bu “Ichki mehnat tartibi” qoidasi ekanligini, xar bir xodim o‘zining yo‘riqnomasidan kelib chiqqan holda tartibga bo‘y sunishi joiz ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, korxonamiz xodimlariga ish vaqtidan tashqari yoki ishdan kegin ishlab berganliklari uchun qonun doirasida haq to‘lashni tartibi va qoidalariga to‘xtalib o‘tdi.  

  Mehnatni tashkil qilish va maosh bo‘limi boshlig‘i Sanjar Qadirjanov korxonamizning ba’zi bir sexlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, qoidabuzarliklar to‘g‘risida so‘z yuritar ekan ularni oldini olish uchun barcha hisob yuritish bo‘yicha texnik xodimlari ichki mehnat intizomiga asosan ish ko‘rishlari lozim ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Korxonamizda ishlab chiqilgan otgul berish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirib o‘tdi.

  Yig‘ilish so‘ngida xodimlar mehnat intizomi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech