“KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Xavfli ichlab chiqarish obyektlarida yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish, sanoat va yong‘in xavfsizligini ta‘minlash maqsadida, jamiyatimizning Sanoat xavsizligi boshqarmasi, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi uchastkasi va OBYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda 2023 – 2024- yillardagi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, is gazidan zaharlanishlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish yuzasidan jamiyatning sex va boshqarmalari xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir hamda ko‘rgazmali texnikalar namoyishi tashkil etildi.
Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va mazkur holatlarda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazilib, ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Tadbir so‘nggida ishchi-xodimlar sanoat, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlari bo‘yicha yana bir bor eslatmalar berib o‘tildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati