“MILLIYLIKNI KENG TARG‘IB QILISH KUNI”
Bugun, joriy yilning 5-fevral kuni korxona zavodboshqaramasida milliylikni targ‘ib qilish, milliy madaniyatni asrab-avaylash, o‘zbek xalqining boy merosini yosh avlodga yetkazish, viloyat aholisining madaniy saviyasini oshirish, shuningdek, viloyat hayotida milliy an’analarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan “Milliylikni keng targ‘ib qilish kuni” chorlovi o‘tkazildi.
Chorlov O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlariga muvofiq bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash lozimki, Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan chorlovda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etmoqda, shuningdek, korxona rahbariyati, ishchi-xodimlari mazkur kun munosabati bilan milliyligimizni yoshlarimiz, xalqimizga targ‘ib etishni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati