Ру O`z En

MINI-FUTBOL BO‘YICHA “MUSTAQILLIK MUSOBAQASI” NING YARIM FINAL BOSQICHI

"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyatida Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlash borasida ishlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edik. Bu tadbirlarning biri korxonamiz ishchi-xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “Mustaqillik musobaqasi”mini-futboli. 

   Joriy yilning 25 avgust kuni korxona hududida barpo etilgan futbol maydonida mini-futbolning yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yarim finalda Suv va bug‘ ta’minoti sexi jamoasi Sellyulozaning murakkab efirlari sexi jamoasi bilan, korxona Boshqarmasi jamoasi Soda ishlab chiqarish sexi jamoasi bilan maydonga tushdilar.

  O‘yin natijalariga ko‘ra, yarim final bosqichida Suv va bug‘ ta’minoti sexi jamoasi va Sellyulozaning murakkab efirlari sexi jamoalari 5:5 hisobi bilan durrang natijalarini ko‘rsatidilar. Jamoalarga penaltilar seriyasi belgilanib, Suv va bug‘ ta’minoti sexi jamoasi 2:1 hisobi bilan sellyulozaning murakkab efirlari sexi jamoasini ustidan g‘alaba qozondi. So‘ng maydonda korxona Boshqarmasi jamoasi Soda ishlab chiqarish sexi jamoasi bilan to‘p surdi. 5:1 natijasi bilan korxona Boshqarmasi jamoasi g’alabani qo’lga kiritdi.  

    Bugun 18:00 da korxonamizning futbol maydonida birinchi o‘rin uchun korxona Boshqarmasi va Suv va bug‘ ta’minoti sexi jamoalari, uchinchi o‘rin uchun Soda ishlab chiqarish sexi hamda Sellyulozaning murakkab efirlari sexi jamoalari bellashadilar.     Musobaqaning bo‘lib o‘tgan o‘yinlar natijasi bilan qo‘yidagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkun:

   Eslatib o‘tamiz, mini-futbol g‘oliblari Ko‘rik-tanlov g‘oliblari mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida tantanali ravishda mukofotlanadilar.

 

"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech