Ру O`z En

MINI-FUTBOL BO‘YICHA “MUSTAQILLIK MUSOBAQASI”GA START BERILDI

"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyatida Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlash borasida talaygina ishlar amalga oshirilimoqda. Jamiyatimizning ishchi xodimlari uchun tashkillanayotgan turli xil ko‘rik- tanlovlar, musobaqalar va boshqa intellektual, ma’naviy va jismoniy o‘yin va bellashuvlar xodimlarimizni ma’nan yetukligi, dunyoqarashlarini yanada kengayishi hamda xar tomonlama mukammal bo‘lishiga zamin yaratib kelmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari Dasturi ijrosi yuzasidan “Farg’onaazot” AJda sportni rivojlantirish, ishchi-xodimlarni salomatligini mustaxkamlash maqsadida, Korxona xududida barpo etilgan futbol maydoni tantanali ochilish marosimi va Mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik musobaqasiga” start berildi.

    Musobaqaning birinchi kunida 1-davra o‘yinlarining 4 ta o‘yini o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan o‘yinlar natijasi bilan qo‘yidagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkun:

AK-72M

4:1

Aloqa sexi

NO‘A va A

0-6

Ta’mirlash mexanika sexi

Elektr ta’minoti sexi

1-1

Penaltilar seriyasi:

1:3

Sellyulozani murakkab efirlari sexi

Mochevina i/ch sexi

1:0

Avtotransport sexi

 

  G‘olib bo‘lgan jamoalar musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l olishdi. Eslatib o‘tamiz musobaqalar korxonamizning futbol maydonchasida bo‘lib o‘tmoqda.

 

"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech