Ру O`z En

MINI-FUTBOL: "MUSTAQILLIK MUSOBAQASI": SUV VA BUG‘ TA’MINOTI SEXI G‘OLIB!

Bir xafta mobaynida davom etgan “Mustaqillik musobaqasi” mini-futboli finali bo‘lib o‘tdi. Korxonamiz sex va bo‘limlaridan tuzilgan 16 jamoa o‘rtasida o‘tkazilayotgan mini-futbol o‘z nihoyasiga yetdi.    

    26 avgust kuni yakunlangan mini-futbol jamiyatimizning futbol maydonida bo‘lib o‘tdi. Maydonga birinchi o‘rin uchun korxona Boshqarmasi va Suv va bug‘ ta’minoti sexi jamoalari, uchinchi o‘rin uchun Soda ishlab chiqarish sexi hamda sellyulozaning murakkab efirlari sexi jamoalari tushdilar.

     O‘yin natijalariga ko‘ra Soda ishlab chiqarish sexi 1:2 natijasi bilan sellyulozaning murakkab efirlari sexini mag‘lubiyatga uchratdi va uchinchi o‘rinni egalladi. So‘ng maydonda  Boshqarmasi va Suv va bug‘ ta’minoti sexi jamoalari to‘p surdilar. Jamoalar asosiy vaqtda 1:1 natija ko‘rsatishdi. Penaltilar seriyasiga ko‘ra Suv va bug‘ ta’minoti sexi jamoasiga omad kulib boqdi va ular musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdilar.

    Suv va bug‘ ta’minoti sexini g‘alaba bilan tabriklaymiz! G‘oliblar 2021 yil

30-avgust kuni tantanali ravishda taqdirlanadilar!

 

"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech