MUROJAATLAR O‘Z VAQTIDA HAL ETILMOQDA
Korxonamizda xodimlar murojaatlari bilan ishlashga rahbariyat tomonidan alohida e’tibor berib kelinadi. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish esa jamiyatda odatiy holga aylangan.
2023-yil 1 choragida “Farg‘onaazot” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 54 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 10 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan, 7 tasi sayyor qabullarda, 10 tasi bevosita jismoniy shaxslardan kelib tushgan. 27 tasi esa og‘zaki murojaatlarni tashkil etadi.
Bevosita “Farg‘onaazot” AJga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 3 tasi qanoatlantirildi, 41 tasiga tushuntirishlar berildi. Virtual qabulxona orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 2 tasi qanoatlantirildi, 8 tasiga tushuntirish berildi.
Tahlillarga ko‘ra, qanoatlantirilgan murojaatlarning aksariyati nogiron va kam ta’minlangan ishchi – xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarni tashkil etadi.
Tushuntirish berilgan fuqarolarning ko‘pchiligi korxonaga ishga joylashish yuzasidan murojaat qilishgan.
“Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan sayyor va shaxsiy qabullari orqali 19 nafar jismoniy shaxslar qabul qilingan.
Kelib tushgan murojaatlarning 28 tasi – ishga joylashish, 2 ta- homiylik masalasi, 4 ta- mineral o‘g‘itlar sotib olish, 20 ta- boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.
Aytib o‘tish lozimki, Jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
2023-yil 1-choragida jamiyatda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha OAVda chiqishlar soni 1 tani tashkil etgan va har chorakda jamiyatning “Kimyogar” gazetasiga chop etib borilmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati