Ру O`z En

MUSTAHKAM OILA YURT TAYANCHI

Mazkur shior ostida korxonaning majlislar zalida  seminar tashkil etildi. Seminarda sexlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar, shuningdek, ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

  Seminarga Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashi deputati, oqila ayollar kengashi raisi Shahodatxon Oxunova, Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi shifokorlari – Yoqutxon Axmedova, Yoqutxon Qobilova, Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi militsiya  mayori Dilorom Abdullayeva, Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Axborot bo‘limi inspektorlari militsiya kapitani Sherzodjon G‘oyipov, militsiya safdori Sardorbek Bozorovlar tashrif buyurishdi.

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati rahbari Mannonxon Tillyaxodjayev seminarni ochib berar ekan, mamlakatimizda 2022-yilni “Inson qadrini  ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan korxonada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi va seminarning kun tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.  

Seminarda so‘zga chiqqanlar yosh oilalarni mustahkamlash, ajralishlarni oldini olshish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tibbiy madaniyatni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar hamda tayyorlangan videoroliklar, taqdimotlar namoyish etdilar.

Tadbirda ko‘tarilgan masalalardan, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida  sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, onalik va bolalikni himoya qilish, inson qadrini ulug‘lash, xotin-qizlar huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan chiqishlar qatnashchilarni e’tiborini tortdi. Seminar so‘nggida mehmonlar va xodimlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.    

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech