MUSTAQILLIGIMIZ 32 YILLIGI JAMIYAT TOMONIDAN KENG NISHONLANDI
Vatanimiz mustaqil davlat bo‘lganiga ham roppa-rossa 32 yil to‘ldi. Mazkur muhim va qadrli sanani tantanali ravishda barcha O‘zbekiston ahli, butun xalqimiz nishonlamoqda. Indorama Farg‘onaazot korxonasi esa bu bayramni shahrimizdagi “Sarbon” tantanalar uyida nishonladi.
Tantanani jamiyat boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov, bosh moliyaviy direktor Jain Shaliesh hamda bosh elektrik va asbobsoz Vivek Aroralar o‘zlarining tabrik so‘zlari bilan ochib berdilar. Dilshod Erkinovich o‘z nutqida ona yurtimiz yildan-yilga gurkirib borayotganligini, yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilayotganligi va aholi uchun Yangi O‘zbekistonda barcha sharoitlar yaratilib, inson qadri yuksalib borayotganlinigi ta’kidlab o‘tdi. Shu o‘rinda, yurtboshimizning dono siyosati tufayli sanoatimiz yanada rivolanib borayotganligini aytib o‘tdi.
Tadbir davomida yil davomida o‘zining fidokorona mehnati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan, uzoq yillar davomida korxona ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan 15 dan ziyod xodimlar jamiyat ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar.
Respublikamiz va viloyatimizning taniqli hushovoz honandalari o‘zlarining sara qo‘shiqlari bilan xodimlar xizmatida bo‘ldilar. Mehmonlar uchun yozilgan bayram dasturxoni ustida ishchi-xodimlar o‘yin-kulgu qilishib, mustaqilligimiz, xurligimiz kunini nishonladilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati