MUSTAQILLIGIMIZNING 30 YILLIGI BAYRAMI ARAFASIDA KORXONAMIZNING FAOL XODIMLARI TAQDIRLANDILAR
Bugun korxonamizda kun bo‘yi bayram shukuhi xukum surmoqda. Ishchi-xodimlar, rahbariyat ko‘tarinki kayfiyatda Mustaqilligimizning 30 yilligini nishonlashni boshlab yuborganlar. Ayniqsa bayram arafasida jamiyatimizda o‘tkazilgan birin ketin tanlovlar, musobaqalar ishtirokchilarining, Prezidentimiz tomonidan esdalik nishoni olganlarning hamda korxonamiz, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdirlangan xodimlarimizning xursandchiligini cheki yo‘q. Chunki bugun korxonamizda katta taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jamiyatmizning katta majlislar zalida tantali ravishda bo‘lib o‘tgan marosimni korxonamiz rahbari o‘zining bayram tabrigi va iliq tilaklari bilan ochib berdi. So‘ng taqdirlash marosimining birinchi qismi boshlanib ketdi. Marosimda Prezidentimiz farmonlari bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan Aleksandr Anoxin hamda “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Yuldash Doshanovlar taqdirlandilar.
- Men avvalambor korxonamiz rahbariyatiga, xamkasblarimizga minnatdorchilik bildiraman. Meni bu ordenga loyiq topganlari men uchun katta baxt. O‘ylaymanki korxonamiz xodimlaridan bunday unvon sohiblari xali ko‘p bo‘ladi – deydi Yuldash Doshanov.
Shundan so‘ng “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan 10 nafar va korxonamiz rahbariyati tomonidan 18 nafar ishchi-xodimlarimiz pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimining ikkinchi qismida korxonamizda bayram munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlar, jumladan, “Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi, “Mustaqillik musobaqasi” nomli mini-futbol hamda “Mustaqil O‘zbekiston men to‘g‘ilgan zamin” shiori ostida videoroliklar tanlovlari g’oliblari qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va fahriy yorliqlar bilan mukofotlandilar.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, o‘zining mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnatlari bilan qo‘shgan xissalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan Prezidentimiz tomonidan 7 nafar korxonamiz xodimlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Ular «Farg’onaazot» aksiyadorlik jamiyati maxalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi va texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Tojidin Abduraxmanov, ammiakli selitra sexi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ulomqodir Arapov, sotib olish bo‘limi boshlig‘i Umidjon Axmadjonov, ammaik-3 sexi masofadan boshqarish pult operatori Akkoshoxo‘ja Mamadayupov, bosh hisobchi o‘rinbosari Xayrullo Nuriev, Ilmiy innovatsiya markazi boshlig’i Timur Surenin va korxonamiz boshqaruv raisi Abdupatto Salijanov taqdirlanganlar. Bu xodimlarimiz ham korxonamiz kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bu albatta bizlarning katta yutug‘imizdir. Biz korxonamizda shunday rahbar va xodimlarimiz bilan faoliyat yuritayotganimizdan fahrlanamiz. O‘ylaymizki jamiyatimizning yosh kadrlari bu malakali xodimlarimizdan namuna olib, yurtimiz, korxonamiz ravnaqi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatadilar.
"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.