Ру O`z En

“MUSTAQILLIK - BEBAHO NE’MAT” MAVZUSIDA ESSELAR TANLOVI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

   O‘zbekisto Respublikasi davlat mustaqilligining
30 yilligini munosib nishonlash, mustaqillikni bebaho qadriyat sifatida keng targ‘ib etish va u bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini mustahkamlash maqsadida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida esselar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

      Jamiyatning majlislar zalida korxonaning ishchi-xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik - bebaho ne’mat” mavzusida esselar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Xabaringiz bor, joriy yilning 6 avgust kunidan
13 avgust kuniga qadar korxonamiz ishchi-xodimlari uchun esselar tanlovi bo‘lib o‘tishini xabar bergan edik. Bu davr mobaynida korxonamizning sex va bo‘limlaridan 29 nafar xodim o‘zlarining lotin alifbosiga asoslangan “Mustaqillik - bebaho ne’mat” mavzusida esse qo‘lyozmalarini matbuot xizmatiga topshirdilar.

     Barcha esselar mazmun mohiyati, imloviy xatolari, ta’sirchanligi hamda keng yoritilganligiga qarab mahsus taklif etilgan tilshunos professorlardan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan baholab borildi.  Tanlov natijalariga ko‘ra fahrli birinchi o‘rinni   Zebuniso Xamdamova markaziy kimyo laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi, ikkinchi o‘rinni Aliyor Qodirov Ammiak-3 sexi mexanigi va uchinchi o‘rinni Nodirbek Aminjonov elektr ta’minoti sexi elektromontyori egalladilar. G‘oliblar korxona rahbariyati tomonidan 1 – o‘rinni egallagan ishtirokchi umumiy qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga  haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 barobariga,
2 – o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 4 barobariga,  3 – o‘rin egallagan ishtirokchi  3  barobariga   teng   pul mukofoti hamda
I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

     Eslatib o‘tamiz tanlov Nizomiga ko‘ra, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida birinchi o‘rinni egallagan xodim “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan “Respublika-tarmoq”  bosqichida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘ladi.  “Respublika-tarmoq”  bosqichi 2021 yilning
16 avgustdan 20 avgustga qadar o‘tkaziladi.

 

 

 “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech