Ру O`z En

“BIZ SOG‘LOM YOSH OILAMIZ” SHIORI OSTIDA OILAVIY SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

11-noyabr - Ozbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Biz soglom yosh oilamiz” shiori ostida oilaviy sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqaning o‘tkazishdan asosiy maqsadi jamiyatimizda mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila a’zolarining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻulanishlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatligini tiklashga koʻmaklashish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishlarini kuchaytirishdan iboratdir.

Mazkur musobaqada korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan yosh oilalar ishtirok etdi va “Mohir hujumchi”, “Qaddimizni rostlaymiz, sakrashni boplaymiz”, “Tezlik estafetasi”, “Epchillik estafetasi”, kabi sportning ommaviy turlari boʻyicha o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan musobaqa natijalari quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin Sanitar laboratoriyadan ishtirok etgan Yusupovlar oilasi;

2-o‘rin XMD sexidan ishtirok etgan Xizirovlar oilasi;

3-o‘rin Xo‘jalik sexidan ishtirok etga Xatamovlar oilasiga nasib etdi.

Barcha sovrindorlarga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Alohida ta’qidlash lozim: musobaqada birinchi o‘rinni egallagan jamoa navbatdagi bosqichga yo‘l olganligini ma’lum qilamiz.

 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech