KORXONAMIZDA O’TKAZILGAN PROFILAKTIK TADBIR TAFSILOTI
Jamiyatimizning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Qutqaruv otryadi va OBYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, har-xil turdagi kimyoviy moddalardan zaharlanishlar kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida korxonaning Soda sexi ishchi-xodimlarga profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, shuningdek, QO 1, QO 2, QO 3 yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha yana bir bor tushuntirishlar berib o‘tildi.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati