Ру O`z En

KORXONADA “SPORT FESTIVALI-2023” O‘TKAZILDI

Festival O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yiligi munosabati bilan Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun shiori ostida o‘tkazildi.

     200 nafardan ziyod ishchi-xodimlar ishtirok etgan mazkur tadbirda 5 xil sport turlari bo‘yicha, ya’ni:

— ARM wrestling (kuch sinashish 80 kg, 80+ kg,  erkaklar o‘rtasida);

— Tosh ko‘tarish (16 kgli tosh erkaklar o‘rtasida);

— Turnikda tortinish (erkaklar o‘rtasida);

— Kamondan o‘q otish (Ayollar va erkaklar o‘rtasida);

— Arqon tortish ( Jamoaviy 5 nafar ishtirokchi ayollar va erkaklar o‘rtasida) bellashuvlar o‘tkazildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan musobaqalar yakuniga ko‘ra:

    ARM wrestling (80 kg) gacha bo‘lgan vaznda 1-o‘rinni Soda sexi ishchisi Muzaffar Axmadjonov, 2-o‘rinni MT sexi ishchisi Qobilbek Abduraxmonov va  3-o‘rinni Tashqi suv ta’minoti sexi xodimi Avazxo‘ja Akramovlar egalladilar.

    ARM wrestling (80+ kg)dan yuqori bo‘lgan vaznda mutlaq g‘oliblik JMT sexi ishchisi Toxirbek Abdullayevga, 2-o‘rin Qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Farxodjon Anorboyevga, 3-o‘rin IXQX ishchisi Abduvohid Mirzaolimovga nasib etdi.

    Tosh ko‘tarish yo‘nalishida 1-o‘rinni Polietilen qop ishlab chiqarish sexi ishchisi Sardorbek Yusupov, 2-o‘rinni IXQX ishchisi Umidjon Teshaboyev va 3-o‘rinni JMT sexi ishchisi Toxirbek Abdullayevlar qo‘lga kiritishdi.  

    Turnikda tortinish yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin Qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Islomjon Ibrohimovga, 2-o‘rin MT sexi ishchisi Paxlavon Sherovga hamda 3-o‘rin Elektr ta’minoti sexi ishchisi Rustem Ametovga nasib etdi.

    Kamondan otish (ayollar) yo‘nalishida 1-o‘rinni Sanitar laboratoriyasi sexi laboranti Gulruh Rahmonova, 2-o‘rinni XMD sexi ishchisi Nilufarxon Hizirova, 3-o‘rinni Xo‘jalik sexi ishchisi Muborakxon Raximovalar zabt etdilar.

    Kamondan otish (erkaklar) yo‘nalishida 1- o‘rin Buxgalteriya bo‘limi ishchisi Eldorbek G‘ofurovga, 2-o‘rin Soda sexi ishchisi Bahodirjon Nabiyevga hamda 3-o‘rin Mochevina ishlab chiqarish sexi ishchisi Darxonbek Mamajonovga nasib etdi.

    So‘ngi yo‘nalish arqon tortish (ayollar) yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik XMD sexiga, 2-o‘rin SN va SRQ bo‘limiga va 3-o‘rin Mochevina ishlab chiqarish sexiga nasib etdi.

    Festivalning barcha sovrindorlari korxona kasaba uyushma qo‘mitasi hamda yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech