“KASB MAHORATI - 2023”: «ENG YAXSHI MAHORATLI NO‘A VA A XODIMI”
Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra belgilangan, 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan korxona yosh mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mutaxassisliklar bo‘yicha eng iqtidorli xodimlarni saralash maqsadida turli musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Barcha tanlovlar sovrindorlari jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan bayram kechasida taqdirlanishi rejalashtirilgan.
Kuni kecha tanlovning “Eng yaxshi yosh mahoratli NO‘A va A xodimi” yo‘nalishi o‘tkazildi. Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi bosqichda xodimlar sohaga oid testlar yechishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich - amaliy mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan tanlovda hakamlar hay’ati natijalariga ko‘ra faxrli uchinchi o‘rin NO‘A va A sexi yosh xodimi Omonov Zokirjon Shavkatxon o‘g‘liga, faxrli ikkinchi o‘rin Konsentratsiyalanmagan azot kislotasi sexi yosh xodimi Ahmadjonov Madadbek Anvarjon o‘g‘liga nasib etgan bo‘lsa, mutlaq g‘oliblik Ammiak-3 sexi xodimi Xalilov Shuxratjon O‘ktamjon o‘g‘liga nasib etdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati