“KASB MAHORATI-2025” “ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI ELEKTROMONTYOR”
11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan, shuningdek joriy yil kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yillik yubileyi keng nishonlash maqsadida, korxonada “Kasb mahorati 2025” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi yosh mahoratli elektromontyor” yo‘nalishi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Joriy yilning 28-oktabr kuni, korxona Elektr jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexida “Eng yaxshi yosh mahoratli elektromontyor” tanlovi tashkil etildi.
Nizomiga muvofiq, ko‘rik-tanlov ikki bosqichda, birinchi bosqich test sinovlari, ikkinchi bosqich amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazildi. Bu yilgi tanlovda, korxona sexlarida faoliyat yuritayotgan, 7 nafar yosh elektromontyorlar ishtirok etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni - Xlorat magniy defolianti sexi elektromontyori Jasurbek Abdurashidov egalladi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa Karbamid ishlab chiqarish sexi elektromontyorlari Javohirbek Xusanov va Rustamjon To‘lqinovlar qo‘lga kiritishdi.
Barcha sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklaymiz, mehnatda yangidan yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!
Eslatib o‘tamiz, “Kasb mahorati 2025” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarni taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati