Ру O`z En

“KASB MAHORATI 2025” “ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI NO‘A va A XODIMI”

11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan, shuningdek joriy yil kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yillik yubileyi keng nishonlash maqsadida, korxonada o‘tkazib kelinayotgan “Kasb mahorati 2025” ko‘rik-tanlovining navbatdagi “Eng yaxshi yosh mahoratli NO‘A va A xodimi” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovi bugun, 29-oktabr kuni, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika  sexida o‘tkazildi.

Nizomiga muvofiq, ko‘rik-tanlov ikki bosqichda, birinchi bosqich test sinovlari, ikkinchi bosqich amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Xlorat-magniy defolianti sexi xodimi Umidjon Ismoilov egalladi,  ikkinchi o‘rinni AK-72M sexi xodimi Abdulahat Karimov qo‘lga kiritdi  va faxrli uchinchi o‘rini Havo ajratish sexi xodimi Abdurahmon Yuldashevga nasib etdi.   

Barcha sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklaymiz, mehnatda yangidan yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!

 Eslatib o‘tamiz, “Kasb mahorati 2025” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarni taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech