Ру O`z En

“KASB MAHORATI 2023”: “ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI PAYVANDCHI”

Xabaringiz bor, jamiyat yoshlari o‘rtasida “11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan “Kasb mahorati 2023” ko‘rik-tanlovi davom etmoqda. Tanlovning keyingi yo‘nalishi “Eng yaxshi yosh mahoratli payvandchi” bo‘ldi.

 Mazkur yo‘nalish boshqalari kabi ikki bosqichda, birinchi bosqich test sinovlari, ikkinchi bosqich amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazildi. Mazkur tanlovda 10 nafar yosh payvandchilar ishtirok etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rin Ammiak-3 sexi payvandchisi Ahmadjon Jo‘rayevga, ikkinchi o‘rin JMT sexi payvandchisi Bekjahon Karimovga va uchinchi o‘rin XMD sexi payvandchisi Farruxbek Mirzabayevlarga nasib etdi.

 Eslatib o‘tamiz, “Kasb mahorati 2023” ko‘rik-tanlovining kelgusi yo‘nalishlarida ishtirokchilarimizga o‘z sohalari bo‘yicha mahoratlarini ko‘rsatishlarida omad tilab qolamiz!

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech