Ру O`z En

JAMIYATIMIZDA QISH MAVSUMINI BETALAFOT O‘TKAZISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR TASHKIL ETILDI

Jamiyatning  SANOAT  XAVFSIZLIGI  BOSHQARMASI  va  FVB  OYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda  xavfli  ishlab  chiqarish  obyektlarida  sanoat  xavfsizligi, yong‘inlar  profilaktikasi  samaradorligini  oshirish, qish  mavsumini  betalafot  o‘tkazish, yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar  va  yong‘inlar,  is  gazidan  zaharlanish,  gaz-havo  aralashmasining  chaqnashi shuningdek  turli  xil  kimyoviy  moddalardan  zaharlanishlar  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni   oldini  olish  yuzasidan, korxonaning  Elektr jihozlarini markazlashgan  ta’mirlash  sexi ishchi-xodimlariga  keng  ko‘lamli  profilaktik  tadbir  tashkil  etildi.  Tadbirda  ishchi-xodimlarga  yong‘inlar  va  turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqish  sabablari  hamda  ularda  qanday  harakatlarni  amalga  oshirish  kerakligi  to‘g‘risida  yo‘l-yo‘riqlar  berildi.

Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlarga  sanoat  va  yong‘in  xavfsizligi  qoidalariga  qat’iy  rioya  etish  bo‘yicha  yana  bir  bor  eslatmalar  berib  o‘tildi.

Korxonamizda  qish  mavsumini  betalafot  o‘tkazish  bo‘yicha  tadbirlar  davom  etmoqda.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech