KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA BETALAFOT O‘TKAZISH MAQSADIDA PROFILAKTIK TADBIR TASHKIL ETILDI
Jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Qutqaruv otryadi, FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi, yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish, 2024 - 2025 – yillardagi kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, shuningdek, turli xil kimyoviy moddalardan zaharlanishlar kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish yuzasidan, korxonaning Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexida 1-sanoat maydoni ishchi-xodimlariga keng ko‘lamli profilaktik tadbir hamda ko‘rgazmali texnikalar namoyishi tashkil etildi.
Tadbirda ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari hamda bunday holatlarda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berib o‘tldi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirildi hamda amaliy ko‘nikmalari oshirildi.
Shu bilan birga sanoat va yong‘in xavfsizligi, QO-1, QO-2, QO-3 qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha yana bir bor eslatmalar berib o‘tildi.
Korxonamizda KUZ-QISH mavsumini betalafot o‘tkazish doirasidagi tadbirlar davom etishini, ma’lum qilamiz.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati