“HALOLLIK VAKSINASI” TO‘G‘RISIDAGI PROFILAKTIK SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA
Korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida o‘tkazib kelinayotgan ishchi-xodimlarda, shuningdek, yoshlarda, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha profilaktik ta’sir choralari o‘tkazish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha seminarlarning keyingi manzili MM, XT, AMM va XIChO SX boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar jamiyat boshqaruvi raisi topshirig‘iga muvofiq Komplayens xizmati tomonidan tashkil etilmoqda.
Tashkilotchilar, boshqaruv raisi maslahatchisi, Yuridik bo‘limi boshliq o‘rinbosari tomonidan seminarlarda korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qaror va farmonlar, davlat siyosati, mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, Odob-axloq kodeksi, ma’naviy-ma’rifiy sohalar to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan huquqiy savodxonlikning dolzarb masalalariga, jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi haqida tushuntirishlar olib borildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati