Ру O`z En

KORXONADA DOLZARB MAVZULARGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 23-oktabr kuni korxonaning Karbamid ishlab chiqarish sexi xodimlari uchun “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash”, “Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi”, “Kiber jinoyatlar va kiber xavfsizlik” mavzularida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni Komplaens-nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov olib bordi. U o‘z ma’ruzasida diniy ekstremizmning ijtimoiy-psixologik ildizlari, radikal g‘oyalar targ‘ibotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari notiq o‘z chiqishida xodimlarning mehnat madaniyatini oshirish zarurligiga ham alohida e’tibor qaratdi, chunki ishchilarning hayoti va sog‘lig‘i mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalari va me’yorlariga qat’iy rioya qilishga bevosita bog‘liq.

Shuningdek, jamiyat boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurmurod Sirojev, Tartib-maxfiy boshqarmasi yetakchi muhandisi Dilmuhammad Eshonov dolzarb mavzularda ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr almashdilar. Bu esa tadbirning nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham samarali o‘tganini ta’minladi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech