Ру O`z En

KORXONADA “28-APREL - BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, korxonamizda e’lon qilingan “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” doirasida Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkillandi.

Unda korxonamizning har bir tarkibiy bo‘linmalaridan saralangan jami 18 ta jamoalar g‘oliblik uchun bellashdilar.

O‘yin davomida jamoalarga mantiqiy hamda topishmoqlardan iborat savollar jamlanmasi taqdim etilib, ularning aql-zakovati, mantiqiy idroki va tezkorligi sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida Ammiak-3 sexi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Ishlab-chiqarish texnik boshqarmasi vakillariga, 3-o‘rin Jihozlarni markaziylashtirilgan ta'mirlash sexi jamoasiga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar yaqin kunlarda tantali ravishda taqdirlanadi.

  

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech