“YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA “DOLZARB 30 KUN” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Avval xabar berganimizdek hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yilning 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar “Dolzarb 30 kun” e’lon qilingan bo‘lib, mazkur tadbirlar doirasida “Farg‘onaazot” AJ Sanoat xavsizligi boshqarmasi hamda FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda korxonaning ishlab chiqarish sexlarida o‘tkazilib kelmoqda.
Navbatdagi profilaktik tadbirlardan biri Karbamid ishlab chiqarish sexida tashil etildi, unda Karbamid va Polietilen qoplar ishlab chiqarish sexlarini ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi, bunday vaziyatlarda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yong‘in o‘chirish mashg‘uloti o‘tkazilib, unda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari, sohada qo‘llanilayotgan texnikalar va ularning imkoniyatlari namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlar sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalari yuzasidan turli savollar bilan soha vakillariga yuzlandi va atroflicha javob olinib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati