Ру O`z En

KORXONADA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” BO‘LIB O‘TMOQDA

Joriy yilning 5-maydan 11-maygacha korxonamizda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlar, Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Qutqaruv otryadi va FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbirning tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlashdir.

Zilzila sodir bo‘lganda fuqarolarni qanday muhofaza qilish kerakligini o‘rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tadbirda yong‘inlar profilaktikasi, is gazidan zaharlanish va kimyoviy moddalar bilan bog‘liq xavflarni oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.

Bugun, korxonaning 2-sanoat maydonida joylashgan Mochevina ishlab chiqarish sexi metanol ombori 835-binosida o‘tkazilgan amaliy o‘quv-taktik  mashg‘ulotida ishchi xodimlarga nazariy va amaliy bilimlarini oshiruvchi profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Shu bilan birga tadbir davomida ko‘rgazmali texnikalar namoyishi tashkil etilib, ishchi-xodimlarga barcha jarayonlar amaliy ko‘rsatildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech