JAMIYATDA “KITOBXON XODIM” TANLOVI O‘TKAZILDI
“21-oktabr – o‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan korxona xodimlari o‘rtasida “Kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda tarkibiy bo‘linmalardan 18 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Tanlov xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u korxona boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan 3 bosqichda, ya’ni 1-shart “O‘zbek va Jahon adabiyotidan misralar”, 2-shart “Asarlardan monolog”, 3-shart “Men sevib o‘qigan asar” shartlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Ishtirokchilar oldindan tavsiya etilgan 5 ta kitoblardan shartlar bo‘yicha javob berdilar. Berilgan javoblar hakamlar hay’ati tomonidan nizom bo‘yicha baholab borildi.
Tanlov natijasiga ko‘ra, 1-o‘rinni ishlab chiqarishni nazorat qilish va loyihalarni amalga oshirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Akmaljon Xaydarov, 2- o‘rinni NO‘A va A sexi chilangari Odinaxon Maxmudova va 3- o‘rinni Markaziy kimyo laboratoriyasi k/t laboranti Oydina Abduraximovalar egallab, korxona tomonidan qo‘yilgan 4 000 000 so‘m, 3 000 000 so‘m hamda 2 000 000 so‘m pul mablag‘lari va diplomlarni qo‘lga kiritdilar.
Shuningdek, yuqori bal to‘plagan 7 nafar ishtirokchilar jamiyat Yoshlar ittifoqi BT tomonidan kitoblar to‘plami hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati