Ру O`z En

JAMIYATDA “21-OKTABR O‘ZBEK TILI BAYRAMI” KUNIGA BAG‘ISHLANGAN “KITOBXON XODIM” TANLOVI O‘TKAZILDI

“21-oktabr – o‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan korxona xodimlari o‘rtasida “Kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda tarkibiy bo‘linmalardan 12 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.       

  Tanlov xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u korxona boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan 3 bosqichda, ya’ni 1-shart “O‘zbek va Jahon adabiyotidan misralar”,  2-shart “Asarlardan monolog”, 3-shart “Men sevib o‘qigan asar” shartlari bo‘yicha o‘tkazildi. 

Ushbu tadbirni Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori - Muqaddamxon Ibrohimovna Ehsanova, Fargʻona viloyati Axborot - kutubxona markazi direktori - Husniyaxon Akramjonovna Shermatovalardan iborat hakamlar hay’ati Nizomga asosan xolis o‘tkazilishini ta’minlashdi.

Ishtirokchilar oldindan tavsiya etilgan 5 ta kitoblardan, shartlar bo‘yicha javob berdilar. Berilgan javoblar hakamlar hay’ati tomonidan nizom bo‘yicha baholab borildi. Tanlov natijasiga ko‘ra, 1-o‘rinni Sanitar laboratoriyasi muhandislari Nasibaxon Siddiqova, 2- o‘rinni Gulnoza Xamdamovalar va 3- o‘rinni Mochevina ishlab chiqarish sexi chilangari Rustamjon Otajonovlar egallab 4 000 000, 3 000 000, 2 000 000 so‘m pul mukofotlari va diplomlarni qo‘lga kiritdilar.

 Eslatib o‘tamiz, taqdirlash marosimi ertaga, 17-oktabr kuni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram dasturida o‘tkaziladi.

 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech