KORXONADA «YONG‘IN XAVFSIZLIGI A’LOCHISI» KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI
«Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bugun, korxonamizda «Yong‘in xavfsizligi a’lochisi» ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlovda korxona sexlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan iborat jamoalar ishtirok etdi. Nizomga muvofiq, ko‘rik-tanlov ikki bosqichda, amaliy va nazariy bosqichlardan iborat bo‘lib, ishtirokchi jamoalar o‘t o‘chirish vositalaridan foydalangan holda yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini, shuningdek, yong‘in xavfsizligi sohasidagi nazariy bilimlarini namoyish etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin: XMD sexi jamoasi;
2-o‘rin: Soda sexi jamoasi;
3-o‘rin: Ammiak-3 sexi jamoasi.
Barcha sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklaymiz, mehnatda yangidan yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!
Eslatib o‘tamiz, «Yong‘in xavfsizligi oyligi» yakunlariga ko‘ra, ko‘rik-tanlov g‘oliblari korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati