KASABA UYUSHMASI HISOBOT-SAYLOVINI O‘TKAZISHGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI
Bugun, 23-yanvar kuni korxona faolar zalida, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Kengashining Ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Muzapparova Nilufar Alimjanovna, Respublika Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Kuvatov Baxrom Usmanovich, Respublika Kengashining Mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Rixsiboev Shuhratilla Rahmatillayevich, korxona kasaba uyushma faollari hamda video-konferens aloqa orqali kimyo sanoati tizimidagi kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi.
Seminar dasturiga muvofiq Jamoa shartnomalari mazmun-mohiyati va ularni tuzish tartibi haqida Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Muzapparova Nilufar Alimjanovna batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, “Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomni amaliyotda qo‘llash mavzusida Respublika Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Kuvatov Baxrom Usmanovich ma’ruza qildi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati