Ру O`z En

DAVLAT PENSIYALARINI TAYINLASH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI SIFATINI OSHIRISH

Bugun, 19-iyul kuni “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida mazkur mavzu bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminar korxona Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyati budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda uyushtirildi. Seminarga Farg‘ona viloyati budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Zoxir Akramov, Farg‘ona shahar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Abubakr Umurzakov va Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Odiljon Atajonovlar tashrif buyurdilar.

        Soha mutaxassislari mavzuga oid Pensiya tayinlash tartibi, Pensiya hisoblash uchuli, Pensiyaga ustama va qo‘shimcha to‘lovlar va Pensiya va nafaqalarning minimal miqdorlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdilar.

     Shuningdek, korxonada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, pensiya yoshiga yetgan Soda ishlab chiqarish sexi apparatchisi Bahodir Isomidinovga tantanali ravishda Pensiya guvohnomasi taqdim etildi.  

       Seminar so‘nggida ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, barcha savollarga javoblar berib o‘tildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech