Ру O`z En

Seminar: XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH, UNING SARISHTASI HAMDA MILLIYLIKNI TARG’IB QILISH

Bugun, 28-fevral kuni korxonaning faollar zalida, xotin-qizlarni jamiyatdagi rolini, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, oilalarda sog‘lom turmish tarzini targ‘ib etish, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan xotin-qizlar masalalariga oid qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash, jamiyatda gender tenglik tushunchasini keng targ‘ib etish maqsadida “Ayollar sarishtasi-xonadon farishtasi” shiori ostida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

         Ushbu seminarda Farg‘ona viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbari Jamila Axmedova, Farg‘ona shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limidan Zulfizar Mo‘minova, Farg‘ona shahar Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sardorbek Eminboyev va Farg‘ona shahar otinoyisi Kamola Raxmonovalar ishtirok etishdi.  

         Sohaga oid mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida xotin-qizlar masalalariga oid qaror va farmonlar mazmun-mohiyatini seminar ishtirokchilariga to‘liq tushuntirib o‘tishdi hamda xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo‘ravonliklar, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi.

         Shuningdek, bugungi kunda mahallalarda jinoyatchilikni va yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarini tarqalishi oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tishdi.  

         Tadbir yakunida korxona psixologi Nargiza Ergasheva tadbir ishtirokchilari bilan psixologik trening o‘tkazdi.

         Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan seminarda korxona xotin qizlari tegishli mavzular bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech