KORXONAMIZDA VOLEYBOL BO‘YICHA XOTIRA TURNIRI O‘TKAZILDI
Jamiyatimizda Indorama kompaniyasida turli lavozimlarda samarali mehnat qilib, kompaniya rivojiga katta hissa qo‘shgan janob Anupam Agrawalning yorqin xotirasiga bag‘ishlab voleybol bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi.
Musobaqa 2025-yil 16-sentabr kuni ayollar, 17-sentabr kuni esa erkaklar jamoalari o‘rtasida tashkil etildi. Har bir yo‘nalishda 8 tadan jamoa ishtirok etdi.
Ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda birinchi o‘rinni Xo‘jalik sexi jamoasi, ikkinchi o‘rinni esa Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi o‘tkazilgan bellashuvlar natijasida, birinchi o‘rinni Elektr ta’minoti sexi jamoasi, ikkinchi o‘rinni esa Xo‘jalik sexi jamoasi sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib komandalarni taqdirlash marosimi yaqin kunlarda alohida bo‘lib o‘tiadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati