MAXSUS TAKTIK – O‘QUV MASHG‘ULOTI BO‘LIB O‘TDI
Mazkur maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti korxona fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuzilmalari, milliy gvardiya, Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat tez tibbiyot yordam xizmatlari hamkorligida “Zilzila oqibatida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar atmosferaga sizib chiqishi bilan bog‘liq texnogen avariya oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar kundalik faoliyat rejimida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, tuzilmalarni tayyorgarligini muvofiqlashtirish kabi g‘oyalarni o‘z ichiga olgan.
Uyushtirilgan mashg‘ulotda 2024-yil 18-oktabr kuni ertalab soat 730 da Qirg‘iziston Respublikasi Osh viloyati hududida 8 ball magnitudali zilzila sodir bo‘lganligi sababli, Farg‘ona viloyati hududida 7-8 balli yer silkinishi qayd etilganligi hamda zilzila natijasida korxonaning 2 - ishlab chiqarish sanoat maydonlari AS-72M sexi 714-binosida maxsus sig‘imlardagi ammiak quvurlardagi flanslarni germetikligi buzilganligi holati ko‘rsatib o‘tildi.
Maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti yuqori darajada o‘tkazilib, favqulodda holatlarda mas’ullar tomonidan tezkor va to‘g‘ri harakatlanishlar to‘liq ko‘rsatib o‘tildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati