Ру O`z En

30-IYUN YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KORXONADA STOL TENNISI BO'YICHA MUSOBAQA TASHKIL ETILDI

Bugun jamiyatning yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbiri Yoshlar ittifoqi hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorlikda 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda korxonanining tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 20 nafardan ziyod yosh ishchi – xodimlar ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda qatnashchilar bor mahoratini ko‘rsatishdi. Biroq bu safar omad  Elektr ta’minoti sexi ishchilariga kulib boqdi va so‘vrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi.  

Yarim final va  final o‘yinlar natijalariga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rinni Maxamadaliyev Abduxamid egalladi

2-o‘ringa esa Qosimov Izzatulloh sazovor bo‘ldi

3-o‘rin Rustamov Shohruhga nasib etdi

 

Eslatib o‘tamiz g‘oliblarini taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech