YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA “SALOMATLIK UCHUN 5 MING” QADAM TADBIRI OʻTKAZILDI
Bugun, 25-iyun kuni "Yoshlar oyligi" doirasida hamda xodimlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida jamiyatimizda “Salomatlik uchun 5 000 qadam” sport tadbiri oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda korxonada faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ziyod yoshlar faol ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida korxona futbol maydonida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini bajardilar.
Shundan so‘ng “Arqon tortish” sport turi bo'yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar natijalariga ko‘ra Erkaklar jamoalari o'rtasidagi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoasi;
2-o‘rin Qutqaruv otryadi jamoasi;
3-o‘rin Elektr ta’minoti sexi jamoasi;
Ayollar jamoalari o'rtasida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin Sanitar laboratoriyasi jamoasi;
2-o‘rin Sirka angidrid va sirka kislotasini qayta tiklash sexi jamoasi;
3-o‘rin Xlorat magniy defolianti sexi jamoasi.
Eslatib o‘tamiz g‘oliblarini taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati