Ру O`z En

KORXONADA XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

Bugun, “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida korxonada bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korxonamizda ko‘p yillar o‘z mehnat faoliyatini olib borgan hamda bugungi kunda korxona rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh urush va mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Korxona ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirning maqsadi faxriylarga chuqur minnatdorchilik va ehtirom ko‘rsatish edi. Jamiyat boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

U tabrik so‘zida, 9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi- deb ta’kidlab o‘tdi.
         Tadbirda Chernobil AESidagi halokatni bartaraf etishda ishtirok qilgan va baynalminalchi jangchilar bayramona tuzalgan dasturxon atrofida o‘z hotiralari bilan o‘rtoqlashishdi.

Bugungi tadbir ta’surotlarga va oyin-kulguga boy bo‘ldi, chinakam bayramga aylandi. Tadbir yakunida korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi fahriylarga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Korxonaning ko‘p millatli jamoasi urush va mehnat faxriylarni ko‘rsatgan jasorati uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi va barcha yurtdoshlarimizni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etadi!

Ajdodlarimizning yorqinxotirasi yosh avlodlarqalbida mangu yashaydi!

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech