Ру O`z En

“SIZDAN BOSHLANADI ASLI TAFAKKUR, AZIZ USTOZLAR, SIZGA TASHAKKUR” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun, korxonaning bayramona bezatilgan faollar zalida o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati va yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos hissasi bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni kutib olindi. 

1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Sizdan boshlanadi asli tafakkur, Aziz ustozlar, sizga tashakkur” shiori ostida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

 Tadbirni, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov samimiy tabrik so‘zlari bilan boshladi.

So‘ngra, taqdirlash marosimiga olqishlar sadosida korxonaning bir guruh faxriy xodimlari sahnaga taklif etilib, ularga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Korxonaning badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barcha yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini bag‘ishladi.

Bayram tadbirida yangragan qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari ustozlar va murabbiylarni ulug‘lab, korxona rivoji va yosh avlodni tarbiyalashdagi bebaho hissalarini madh etdi.

Bayram korxonada murabbiylik an’analarini qadrlanishi hamda bilim va tajribani yosh mutaxassislarga o‘rgatuvchi xodimlar mehnatini yuksak baholanishining yaqqol isboti bo‘ldi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech