Ру O`z En

KORXONADA EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH MAVZUSIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri – diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi samarali kurashish, jamiyatda tinchlik, totuvlik va barqarorlikni mustahkamlashdan iboratdir.

Shu maqsadda, 20-avgust kuni korxonamizda tasdiqlangan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar dasturi doirasida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibi uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Soliyev Muzaffar, Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva, Komplaens-nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov hamda Tartib-maxfiy boshqarmasi yetakchi muhandisi Sodiqjon Muxtorov ishtirok etdilar.

Mutaxassislar o‘z ma’ruzalari davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglashning jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni, diniy ekstremizm va terrorizmning paydo bo‘lish sabablari, ularning asosiy ko‘rinishlari hamda inson ongiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlariga atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, bu kabi tahdidlarga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlikni oshirish, profilaktik choralarni kuchaytirish va xodimlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Samimiy muloqot va ochiq fikr almashuv tarzida o‘tgan tadbir xodimlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning dunyoqarashini yanada boyitdi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech