KORXONA XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA SHAXMAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni hamda bu yil kasaba uyushmalarining tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan korxonamizda xotin-qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Tadbirning maqsadi — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ayollar faolligini oshirish, jamoaviy ruh va korporativ birdamlikni mustahkamlash, shuningdek, xodimlar o‘rtasida ijtimoiy integratsiyani kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqada korxonaning turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etdilar. Qizg‘in kechgan intellektual bahslar davomida ishtirokchilar o‘zining analitik tafakkuri, strategik fikrlash qobiliyati hamda diqqat-e’tiborini boshqarish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Bellashuv natijalar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — Mochevina ishlab chiqarish sexi katta ustasi Samatova Zarina
2-o‘rin — Sifat nazorati va standartlarga rioya qilish bo‘limi tekshiruvchisi Yuldasheva Nargiza
3-o‘rin — Mochevina ishlab chiqarish sexi metanol ustasi Kenjayeva Fotimaxon
Barcha sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklaymiz, mehnatda yangidan yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!
Eslatib o‘tamiz, barcha tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati