Ру O`z En

"JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT" SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Jamiyatning II-sanoat maydonida Yoshlar ittifoqi, Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi hamkorligida "Jaholatga qarshi maʼrifat" shiori ostida "Missionerlik - barqarorlikka tahdid" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda "Missionerlik - barqarorlikka tahdid" mavzusida davra suhati olib borildi.

Unda ishtirok etgan Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi - Ilxomjon Mirzaaxmedov hamda Farg‘ona shahar manaviyat va maʼrifat bo‘limi targ‘ibotchisi -Ziyodullo Kamolovlar o‘z maʼruzalarida "Jaholatga qarshi maʼrifat" bilan kurashmoq zamon ekanligini taʼminlab, diniy ekstremizm, terrorizm tahdidlaridan himoya qilish, ularda bu unsurlarga qarshi immunitetni mustahkamlash xususida so‘z yuritdi.

Ochiq va qizg‘in o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarining savollariga atroflicha javob oldilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech