Ру O`z En

KORXONADA SANOAT VA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH, QISH MAVSUMINI BETALAFOT O‘TKAZISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR TASHKIL ETILDI

Jamiyatning  Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi va  FVB  OYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda  xavfli  ishlab  chiqarish  obyektlarida  sanoat  xavfsizligi, yong‘inlar  profilaktikasi  samaradorligini  oshirish, qish  mavsumini  betalafot  otkazish, yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar  va  yong‘inlar,  is  gazidan  zaharlanish,  gaz-havo  aralashmasining  chaqnashi, shuningdek  turli  xil  kimyoviy  moddalardan  zaharlanishlar  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni   oldini  olish  yuzasidan korxonaning  Xo‘jalik sexi ishchi-xodimlariga  keng  ko‘lamli  profilaktik  tadbir  tashkil  etildi. 

      Tadbirda  ishchi-xodimlarga  yong‘inlar  va  turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqish  sabablari  hamda  ularda  qanday  harakatlarni  amalga  oshirish  kerakligi  to‘g‘risida  ko‘rsatmalar  berildi.

     Tadbir yakunida  ishchi-xodimlarga  sanoat  va  yong‘in  xavfsizligi  qoidalariga  qat’iy  rioya  etish  bo‘yicha  yana  bir  bor  eslatmalar  berib  o‘tildi.

 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech