“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIR TASHKIL ETILDI
Xabaringiz bor mamlakatimiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.
Bugun, jamiyatimizning Ammiakli selitra ishlab chiqarish sexida 2-sanoat maydoni ishchi-xodimlariga “Kuz-qish” mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalafot o‘tkazish, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targ‘ibot va tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Keng ko‘lamli profilaktik tadbir, korxonaning SANOAT XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI, QUTQARUV OTRYADI, FVB OYXTTEB xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha o‘quv mashqlari hamda texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat va yong‘in xavfsizligi, QO-1, QO-2, QO-3 qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha yana bir bor eslatmalar berib o‘tildi.
Korxonamizda “Kuz-qish” mavsumini betalafot o‘tkazish hamda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati