MEHNAT MUHOFAZASI VAKILLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI
Korxona rahbariyati, Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan jamiyat mehnatni muhofaza qilish vakillarini bilim va malakalarini oshirish uchun o‘quv kurslari tashkil etildi.
Aytib o‘tish lozimki, jamiyatda 42 nafar mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar saylangan bo‘lib, ular tom ma’noda mehnat muhofazasiga mas’ullari hisoblanishadi.
Kurslar kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan maxsus dastur asosida amalga oshirildi.
Dastur asosida, soha mutaxassislari tomonidan xodimlarga o‘z vazifalarini yuqori darajada, mas’uliyat bilan bajarilishi bo‘yicha zarur tushunchalar berilib, o‘z ish joylarida to‘g‘ri tushuntirish ishlari olib borishlari lozimligi, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish, xavfsizlik talablariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni va ushbu sohaga oid boshqa qonun hujjatlari hamda sohaga oid hujjatlarning yuritilish tartibi borasida to‘liq ma’lumotlar berildi.
O‘quv kurslari yakunida vakillar olgan ma’lumotlari yuzasidan bilimlari sinovdan o‘tkazilib, o‘quv kurslaridan o‘tganligi bo‘yicha Sertifikatga ega bo‘lishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati