Ру O`z En

KORXONADA SANOAT VA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH HAMDA FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH BO‘YICHA SAMARALI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

Jamiyatning  Sanoat  xavfsizligi  boshqarmasi  va  FVB OYXTTEB,  Qutqaruv  otryadi,  Tartib-maxfiy  boshqarmasi,  Milliy  gvardiya,  Idoraviy harbiylashtirilgan  qo‘riqlash xizmati xodimlari  bilan  hamkorlikda  xavfli  ishlab  chiqarish obyektlarida   sanoat  va  yong‘inlar  profilaktikasi  samaradorligini   oshirish,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar,  yong‘inlar, zaharlanishlar, shuningdek,  zilzila  sodir  bo‘lganda  va  zilziladan  keyin  qanday  harakatlanish, bunda  tashqari  korxonada  tartib  intizom  qoidalariga  qatiy  rioya  etish   mavzularida  Xlorat  magniy  defolianti (XMD) sexi ishchi-xodimlariga  amaliy- taktik  o‘quv mashguloti  hamda  profilaktik  davra  suhbatlari  tashkil  etildi.

         Tashkil etilgan  tadbirda ishchilarga barcha jarayonlar amaliy ko‘rsatib berilib, tushuntirishlar olib borildi. Ta’kidlash lozimki, mazkur  tadbirlarni tashkillashdan asosiy ko‘zlangan maqsad  korxona  ishchi-xodimlari bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib borishdan iboratdir.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech